Jahon | 08:53 / 30.04.2016
4100
1 daqiqa o‘qiladi

Obama AQSh harbiy-havo kuchlari shtabi qo‘mondoni lavozimiga Yugoslaviyada urib tushirilgan uchuvchi nomzodini taklif qildi

AQSh mudofaa vaziri Eshton Karter AQSh prezidenti Barak Obama AQSh harbiy-havo kuchlari shtabining yangi boshlig‘i etib general Devid Goldfinni tayinlashga qaror qilganini ma'lum qildi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar bermoqda.

Karterning ta'kidlashicha, Goldfin Pentagonda hozirdagi eng yorqin strateglardan biri hisoblanadi.

Uning aytishicha, Goldfin Bolqon, Afg‘oniston va Iroqdagi harbiy operatsiyalarda ishtirok etgan. Karterning ta'kidlashicha, Goldfin samolyot shturvali ortida 4,2 ming soatlik parvoz tajribasiga ega.

Karter Goldfin podpolkovnik bo‘lganda NATOning Yugoslaviyani bombardimon qilish operatsiyalarida ishtirok etganini ma'lum qildi. Goldfinning qiruvchi samolyoti 1999 yil 2 mayda Serbiyada urib tushirilgan, biroq u katapulta qilishga va asirga tushishdan qutulib qolishga muvaffaq bo‘lgan. 

Ta'kidlanishicha, endi Goldfinning nomzodi AQSh kongressi senati tomonidan ma'qullanishi kerak.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish