Oq-qora fotosuratlarni barcha ranglarga bo‘yay oluvchi sun'iy ong yaratildi
Yaponiyaning Vaseda universiteti olimlari oq-qora fotosuratlarni mustaqil ravishda barcha ranglarga bo‘yay oluvchi sun'iy ong yaratishdi. Olimlarning ishlanmasi haqida universitet saytida ma'lum qilindi.
Avval fotosuratlarni bo‘yashdagi asosiy muammo shundan iborat bo‘lganki, haqiqatga yaqin ranglarga erishish uchun inson ishtiroki zarur bo‘lgan.
Endi esa olimlar suratni mustaqil tahlil qilib, uni bo‘yash uchun mos rangni tanlay oluvchi sun'iy ong yaratishdi.
Olimlar dasturni o‘rgatish uchun sinflar bo‘yicha ajratilgan tasvirlar ma'lumotlar bazasidan 2,5 mln ta va shu bazadan test uchun yana 20 mingta tasvirdan foydalanishgan. Natijada, foydalanuvchilarning baholashicha, olimlar yaratgan sun'iy ong 92,6 foiz holatda ranglarning tabiiyligiga erisha olgan.