Rossiyalik futbolchi Kerjakovning oilasi Germaniya politsiyasi bo‘limida 6 soat davomida ushlab turildi
Hozirda Shveytsariyaning "Tsyurix" futbol klubida to‘p surayotgan rossiyalik futbolchi Aleksandr Kerjakovning oilasi uning yoniga parvoz qilayotgan paytda muammolarga duch keldi. Shu sababli Kerjakovning oilasi Germaniyaning Frankfurt aeroportida migratsiya xizmati xodimlari tomonidan 6,5 soat ushlab turildi.
Aniqlanishicha, Aleksandrning ota-onasi, rafiqasi Milana va ikki nafar farzandi uning yoniga Tsyurixga uchib ketishayotgan bo‘lgan. Biroq reys to‘g‘ri bo‘lmagan va ular Frankfurtda boshqa samolyotga o‘tirishlari kerak bo‘lgan. Shunda nemis aeroporti migratsiya xizmati xodimlarida futbolchining rafiqasiga viza bilan bog‘liq savollar paydo bo‘ldi. Politsiyachilarning aytishicha, Milana Kerjakovada Italiya vizasi bo‘lgan, u bilan esa Germaniya hududiga tushib bo‘lmaydi.
"Ular Frankfurtda politsiya bo‘limida 6,5 soat ushlab turilganlar, ularga Italiya vizasi bilan Germaniyaga kelib bo‘lmasligi aytilgan. Shuningdek, Milananing vizasiz yangi bo‘lmagan, u vizadan avval foydalangan. Uning vizasi oddiy "shengen" bo‘lgan, deb aytdi Milananing onasi va futbolchining qaynonasi Natalya Tyulpanova life.ru nashriga.
Biroq keyinroq politsiya bo‘limida navbatchilik almashgandan keyin, futbolchini taniydigan politsiyachi xizmatga kirishgan. Aynan u futbolchining yaqinlariga ko‘mak ko‘rsatib, ularni o‘tkazib yuborgan. Shundan keyin o‘z vaqtida samolyotga chiqa olmagan futbolchi yaqinlari Tsyurixga mashinada eltib qo‘yilganlar. Migratsiya xizmatida Kerjakovlar oilasi vakiliga ushlab turilish holati tasdiqlandi va bu oddiy hujjatlar tekshiruvi bilan tushuntirildi.