Shahzoda Garri va qirolicha Yelizaveta II Barak va Mishel Obamalarning chaqiruviga javob qaytardi
Shahzoda Garri va Buyuk Britaniya qirolichasi AQSh prezidenti Barak Obamaning Invictus Games deb nomlanadigan urush faxriylari haqidagi o‘yinning yakuni amerikaliklar g‘alabasi bilan yakunlanishi haqidagi videoroligiga javob qaytardi. Bu haqda CNN xabar bermoqda.
“Salom shahzoda Garri, yodingdami, sen bizga Invictus Games o‘yniga tayyorlanishimizni so‘ragan eding? O‘z tilaklaringdan qo‘rq”, — dedi Barak Obama va AQShning birinchi xonimi videorolikda. Ular o‘yinda kim g‘olib bo‘lganini ko‘rsatib qo‘yishmoqchi bo‘lgan. Bu rolik Mishel Obamaning tvitteridagi sahifasida e'lon qilingan.
Invictus Games o‘yinini AQShda o‘ynash tashabbuskori bo‘lgan shahzoda Garri bunga buvisi bilan birga javob qaytargan va uni Kensington saroyi tvitteriga joylashtirgan.