Jahon | 21:14 / 30.04.2016
3360
1 daqiqa o‘qiladi

Sudanda An-26 harbiy samolyoti falokatga uchradi

Sudanda An-26 harbiy-transport samolyoti falokatga uchradi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.  

Falokat mamlakatning Shimoliy Kordofan shtatidagi aeroportda samolyot qo‘nishga kirganda yuz bergan. "Ekipajning barcha 5 a'zosi halok bo‘ldi", deb ma'lum qilindi armiya qo‘mondonligida.

An-26 – Sobiq ittifoqda ishlab chiqarilgan harbiy-transport samolyoti. Bu samolyot Sudan armiyasi tomonidan odatda jangarilarga qarshi operatsiyalarda qo‘llanadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish