Jahon | 00:04 / 01.05.2016
3394
1 daqiqa o‘qiladi
Halabda masjidning o‘qqa tutilishi oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi
Suriyaning Halab shahrida Molyaxoniy masjidining o‘qqa tutilishi oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi, 50 kishi yaralandi. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi o‘z saytida ma'lum qildi.
Suriyadagi Rossiyaning yarashuv markazi ma'lumotlariga ko‘ra, shahar «Liva al-Fath" va "Liva Ahror Xalfaya" guruhlari tomonidan minomyotlardan o‘qqa tutilgan.
Suriyada "sukut tartibi" kuchga kirdi. Bu haqda Suriya qurolli kuchlari qo‘mondonligining bayonotida ma'lum qilingan. Bayonotga ko‘ra, "sukut tartibi" 00:01 dan boshlab amal qilishni boshladi hamda Sharqiy Guta va Lataqiyaning shimoliy chekkalariga taalluqlidir. Sharqiy Gutada barcha harbiy harakatlar bir kunga to‘xtatildi, Lataqiyada esa keyingi 72 soatda birorta o‘q otilmasligi kerak.