Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ekvadorda qutqaruvchilar zilziladan 13 kun o‘tib vayronalar ostida omon qolgan kishini topdi
Venesuelalik qutqaruvchilar Ekvadordagi zilziladan 12 kundan keyin vayronalar ostidan keksa yoshli erkakni tirik holda chiqarib olishdi. Bu haqda Venesuelaning Ekvadordagi elchixonasi saytida ma'lum qilindi.
Qutqaruvchilar 72 yoshli Manuel Vaskesni 29 aprelda Xaramixo aholi punktini ko‘zdan kechirayotganlarida topib olishdi. Ta'kidlanishicha, erkak tovush chiqargan va shu bilan e'tiborni jalb qilgan.
Qariya tashnalik va oriqlik bilan shifoxonaga yetkazilgan. Qariyaning chap oyog‘idagi bir nechta barmog‘ini olib tashlashga to‘g‘ri kelgan. Unda, shuningdek, surunkuli buyrak yetishmovchiligi va to‘qimalar nekrozi ham aniqlangan.
Ekvadordagi 7,8 magnitudali zilzila 17 aprelga o‘tar kechasi sodir bo‘ldi. AQSh Geologik xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, zilzila markazi Muisne aholi punktidan 27 km uzoqlikda okeanda bo‘lgan, o‘chog‘i esa 19,2 km chuqurlikda bo‘lgan. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, fojia oqibatida 659 kishi halok bo‘lgan, 29 mingdan ko‘proq odam evakuatsiya qilingan.