Jahon | 07:54 / 01.05.2016
2507
2 daqiqa o‘qiladi

"Normand to‘rtligi" tashqi ishlar vazirlari 11 mayda uchrashadilar

11 mayda Berlinda Ukraina bo‘yicha "normand to‘rtligi" tashqi ishlar vazirlari uchrashadigan bo‘ldilar. Bu haqda Germaniya tashqi ishlar vaziri Frank-Valter Shtaynmayyer ma'lum qildi.

"Biz vaqt yo‘qotdik. O‘t ochishni to‘xtatish tartibi yana mo‘rt bo‘lib qoldi, yarashuvning buzilishi va qurbonlar soni oshmoqda", deb aytdi Shtaynmayyer Welt am Sonntag gazetasiga.

Vazirning aytishicha, ixtilofni hal qilish bo‘yicha pozitsiyalarni yaqinlashtirish uchun yangi urinish lozim. "Shuning uchun men 11 mayga Berlinga "normand to‘rtligi" tashqi ishlar vazirlarini taklif qildim", deb aytdi Shtaynmayyer.

"Normand to‘rtligi" o‘z ichiga Ukraina, Rossiya, Germaniya va Fransiyani oladi.

"Normand to‘rtligi" tashqi ishlar vazirlarining oxirgi uchrashuvi 3 martda Parijda o‘tgandi. Bu uchrashuv 3 soatdan ko‘proq davom etgan. Vazirlar Donbassdagi ixtilofni tartibga solishni muhokama qilganlar.

O‘sha uchrashuvda Donbassdagi saylovlar bo‘yicha bir to‘xtamga kelina olmagan. Germaniya va Fransiya saylovlarni iyundan kech bo‘lmagan muddatda o‘tkazishni talab qilgan. Rossiya bu taklifni qo‘llab-quvvatlashga tayyor bo‘lgan, biroq Ukraina buni talab qilmaslikni so‘ragan. Kiyev xavfsizlik masalalarini ishlab chiqishga urg‘u berishni taklif qilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish