Sport | 21:14 / 01.05.2016
5363
3 daqiqa o‘qiladi

Raneri: «Men «Tottenhem»ning «Chelsi»ga qarshi o‘yinini ko‘rmoqchi emasman»

«Lester» jamoasi bosh murabbiyi Klaudio Raneri APLning 36-turida«Manchester Yunayted»ga qarshi kechgan va 1:1 hisobida yakunlangan o‘yindan keyingi fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Biz 15-daqiqadan keyin o‘ynay boshladik. Ungacha futbolchilarim biroz qo‘rqib turishgandi. «Yunayted» esa ilk daqiqalardanoq katta kuch bilan olg‘a tashlanishdi va biz gol o‘tkazib yuborganimizdan keyin o‘yinga qaytishimiz qiyin kechdi. Javob golini urganimizdan keyin futbolchilarning harakatlariga aniqlik qaytdi, durang – adolatli hisob bo‘ldi.

Men xavotirga tushganim yo‘q, chunki shogirdlarim chin yurakdan o‘ynash uchun maydonga tushishgandi. Morganning yana bir muhim gol bizda o‘zimizga bo‘lgan ishonchni paydo qildi – Vardi yo‘qligida gol urish muammoroq bo‘lishi mumkin edi.

Bir vaziyatda Maruan Fellayni Roberta Xutni urdi, bu unga yarashmaydigan ish edi.

Biz o‘z ruhimizni namoyish etishimiz kerak edi va irodali o‘yin ko‘rsatdik. Men «Tottenhem»ning o‘yinini ko‘rishni istamayman, lekin buni istaganimda ham imkonim yo‘q, bu o‘yin bo‘layotgan vaqtda Italiyadan qaytayotgan bo‘laman. Bugun Italiyaga, 96 yoshli onam bilan birga tushlik qilish uchun yo‘l olaman. Shunday ekan, o‘yin natijasi haqida yerga qo‘nganimdan keyingina bilishim mumkin bo‘ladi.

«Lester» chempion bo‘lish-bo‘lmasligidan qat'i nazar shahrimizda bizni chempionga aylantirib bo‘lishdi. Shaharda binolar «Lester» ranglariga burkangan. Lekin biz konsentratsiyani yo‘qotmasligimiz kerak.Biz o‘z ishimizni qilishda davom etganimiz ma'qul.

Men Lui van Gaalni 1994-yilda uchratgandim va u menga o‘shanda omad tilagandi», – deydi Raneri.

Eslatib o‘tamiz,  «Lester» hisobidagi ochkolar soni 77taga yetgan. Jamoa qayd etgan durang ikkinchi o‘rindagi «Tottenhem»da nazariy jihatdan chempionlik uchun kurash uchun imkoniyat qoldirmoqda. Londonliklar 36-turdagi uchrashuvini o‘tkazmagan holda 69 ochkoga ega. Jamoa 2 may kuni «Chelsi»ga qarshi derbida maydonga tushadi. Agar bu o‘yinda «Tottenhem» ochko yo‘qotsa, «Lester» avtomatik ravishda chempionga aylanadi.

Mavzuga oid