Jahon | 13:42 / 02.05.2016
9039
1 daqiqa o‘qiladi
Yaponiya milliy valyutasi iyena 1,5 yil ichida dollarga nisbatan eng maksimum o‘sishni qayd etdi
Yapon iyenasining dollarga nisbatan kursi 2014 yil oktabridan beri eng yirik o‘sishni qayd etishi barobarida Tokio birjalaridagi savdolarda 3,5 foizlik pasayish kuzatildi. 2 may kuni dollar 106,14 iyenagacha arzonlashgan.
Reyter agentligining xabar qilishicha, AQSh moliya vazirligi Yaponiyani pul mablag‘lari harakati monitoring qilinuvchi davlatlar ro‘yxatiga kiritgach, dollar kursida o‘zgarishlar yuz bergan.
Tokio birjasining Nikkei 225 ko‘rsatkichi savdolar boshlanganida 3,89 foizga, ya'ni 648,65 punktga tushib ketdi, deb xabar qilmoqda Blumberg agentligi. Topix Index ko‘rsatkichi esa 3,52 foiz yoki 47,23 punktgacha pasaygan.