Eron va Janubiy Koreya har tomonlama hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha kelishib oldi
Eron va Janubiy Koreya hukumatlararo darajada sanoat, iqtisodiy, huquqiy, ilmiy va madaniy sohalarda har tomonlama hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kelishib oldi. Kelishuv doirasida 20ta ikki tomonlama memorandum imzolangan. Bu haqda Eron va Janubiy Koreya prezidentlari – Hasan Ruhoniy va Pak Kin Xe Tehronda bo‘lib o‘tgan muzokaralari natijasi bo‘yicha ma'lum qilindi, deb xabar berdi TASS agentligi.
Ikki mamlakat neft qazib olish, Eron suv zaxiralari sohasidagi, shuningdek, elektroenergetika va elektroenergiya ishlab chiqish bo‘yicha yangi manbalar to‘g‘risida, huquqiy, banklararo va bojxona hamkorliklari, ilg‘or texnologiyalar almashinish yo‘nalishlarida kelishib olgan.
Eron portlari infratuzilmalarini kengaytirish to‘g‘risida memorandum, shuningdek, fan va oliy ta'lim yo‘nalishlarida, ilmiy va madaniy o‘rtoqlik aloqalari, sog‘liqni saqlash va tibbiyot xodimlarini tayyorlash sohasidagi hamkorlik hujjatlari imzolandi.
2017 yilda tomonlar ikki hududda o‘z madaniy markazlarini ochishni rejalashtirdi.
Eron prezidenti Hasan Ruhoniy 2 may kuni Tehronda bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakuni bo‘yicha Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xe bilan qo‘shma brifing chog‘ida Eron va Janubiy Koreya o‘zaro savdo-iqtisodiy aloqalari hajmini uch barobarga oshirishi mumkinligi e'lon qildi. Hozir ushbu reja 6 milliard dollar deb baholanmoqda.
200 nafardan ortiq biznes vakillari hamrohligida Janubiy Koreya prezidentining Tehronga tashrifi chog‘ida Eron va Janubiy Koreya kompaniyalari o‘rtasida yana 20dan ortiq hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.