Jamiyat | 20:39 / 02.05.2016
5715
1 daqiqa o‘qiladi

Minskliklar bepul tushlik olish ilinjida 6 soat navbatda turdilar

Minskda "Texas Chicken" tamaddixonalar tarmog‘i yangi restoran ochdi, deb xabar bermoqda "Belsat" telekanali. 

Restoran egalari mijozlarni jalb qilish maqsadida restoran ishini boshlagandan keyin ilk 30 daqiqa davomida nimadir xarid qilganlarga yil davomida bepul tushlik taqdim qilishga va'da berishgan.

Ta'kidlanishicha, odamlar bepul tushliklar olish ilinjida restoran ochilishidan 6 soat avval, ya'ni soat 6.30 dan navbatga turishni boshlashgan.