Jahon | 16:05 / 02.05.2016
2154
2 daqiqa o‘qiladi

NATO bosh kotibi Liviyada harbiy amaliyotlar o‘tkazish imkoniyatini rad etdi

NATO bosh kotibi Yyens Stoltenbergning so‘zlariga ko‘ra, alyans IShIDga qarshi kurashish maqsadida Liviyada jangovar harakatlar o‘tkazish niyatida emas. U Yevropa yetakchi davriy nashrlari uyushmasiga bergan intervyusida shunday fikrni bildirgan. Stoltenberg bilan suhbat matnini uyushma a'zosi Germaniyaning Die Welt gazetasi chop etgan.

"Men Liviyada harbiy harakatlar o‘tkazilishini inkor etaman. Biz bu bilan shug‘ullanmayapiz. Ammo mamlakat hukumati iltimos qiladigan bo‘lsa, xavfsizlik tuzilmalarini rivojlantirishda ko‘mak bera olamiz", — degan NATO bosh kotibi.

IShIDga qarshi kurash masalasiga to‘xtalgan Stoltenberg, alyans harbiylari ushbu guruh faoliyat yuritayotgan mamlakatlarning mahalliy kuchlarini o‘qitishga tayyorligini  ta'kidlagan. 

"Mahalliy harbiylarni tayyorlash — bizning IShIDga qarshi samarali usullarimizdan biridir. Biz hozir Iordaniyada iroqlik ofitserlar bilan mashg‘ulotlar o‘tmoqdamiz. Bu muhim qadamdir", — deb aytgan Stoltenberg.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish