Sport | 00:00 / 02.05.2016
4739
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya chempionati, 26-tur: "Krasnodar" "Anji"ni yutib, 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi 

O‘zbekistonlik futbolchi Odil Ahmedov jamoasi "Krasnodar" Rossiya chempionatining 26-turida o‘zining maydoni "Kuban" stadionida Mahachqal'aning "Anji" jamoasi bilan uchrashdi. Uchrashuv 3:0 hisobida krasnodarliklar foydasiga yakunlandi.

Gollarni 51- va 72-daqiqada Fyodor Smolov va 81-daqiqada Pavel Mamayev kiritdilar. 

G‘olib jamoa darvozaboni Stanislav Kritsyuk ketma-ket 4-o‘yinda gol o‘tkazib yubormadi. Kritsyuk Oliy ligadagi uchrashuvlarda "Krasnodar" darvozabonlari o‘rtasida o‘z rekordini yangilab, 436 daqiqadan beri o‘z darvozasini "quruq" qoldirmoqda. 

"Krasnodar" bu g‘alabadan keyin "Zenit" bilan tenglashib, 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi: ikkala jamoa ham 49 ochkodan to‘plagan, biroq krasnodarliklar qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha oldinda bormoqdalar.
"Anji" esa 19 ochko bilan musobaqa jadvalining so‘nggi qatorini egallamoqda.

Rossiya Premer-Ligasi, 26-tur
Krasnodar – Anji – 3:0
Gollar:
Smolov, 51 (1:0); Smolov, 72 (2:0); Mamayev, 81 (3:0).