12:42 / 02.05.2016
4490

U-19 Osiyo chempionatiga qur'a tashlandi

30 aprel kuni Bahrayn poytaxti Manama shahrida 19 yoshgacha bo‘lgan futbolchilardan tuzilgan terma jamoalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga qur'a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Qur'a natijalariga ko‘ra O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi D guruhidan o‘rin oldi. Guruhda Jasur Abduraimov boshchiligidagi jamoaga Xitoy, Avstraliya hamda Tojikiston yoshlar terma jamoalari qarshilik qiladi.

 Qur'a natijasiga ko‘ra barcha guruhlar quyidagicha ko‘rinish oldi.

"A" guruhi: Bahrayn, Tailand, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni.
"B" guruhi: KXDR, BAA, Iroq, Vetnam.
"C" guruhi: Qatar, Yaponiya, Yaman, Eron
"D" guruhi: O‘zbekiston, Xitoy, Avstraliya, Tojikiston

Ta'kidlash kerakki, Bahrayndagi Osiyo chempionati 13-30 oktabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Qit'a birinchiligida yarim finalga chiqqan to‘rt jamoa 2017 yil Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tadigan U-20 Jahon chempionatida qatnashadi.

 D guruhi taqvimi:

15 oktabr: O‘zbekiston – Tojikiston; Xitoy – Avstraliya

18 oktabr: Tojikiston – Xitoy; Avstraliya – O‘zbekiston

21 oktabr: O‘zbekiston – Xitoy, Avstraliya – Tojikiston

Manba: The-uff.com

Top