Jamiyat | 15:03 / 02.05.2016
5620
1 daqiqa o‘qiladi

Juliya Roberts to‘rt kunlik ishi uchun 3 million dollar gonorar oldi

Aktrisa Juliya Roberts “Og‘ir tabiatli xonimlar” (Mother's Day) filmida ikkinchi darajali roli uchun 3 million dollar miqdorida gonorar olgan. 

U suratga olishda bor-yo‘g‘i to‘rt kun ishtirok etganini inobatga olsa, u har kuni uchun 750 ming dollar ishlagan, deb xabar beradi Variety.  

Roberts hamon Hollivudning eng qimmatbaho aktrisalaridan hisoblanadi. O‘z karerasining cho‘qqisiga chiqqan paytida u 2000 yili namoyish etilgan “Erin Brokovich” filmi uchun 20 million dollar miqdorida gonorar olgandi.