Iqtisodiyot | 16:42 / 03.05.2016
3704
1 daqiqa o‘qiladi

2016 yil boshidan buyon Qozog‘istonda inflyatsiya darajasi 3,6 foizga yetdi

Qozog‘istonda inflyatsiya darajasi birinchi chorakda 3,6 foizni tashkil etdi. Bu haqda respublika moliya vazirligi statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga asoslanib, RIA Novosti xabar berdi. 

Qo‘mita bayonotiga ko‘ra, oziq-ovqat mahsulotlari narxi katta sur'atda (3,9 foiz) o‘sgan. Nooziq-ovqat mahsulotlari va pullik xizmat narxlari 3,5 foizga oshgan. 

Farmatsevtik mahsulotlar (11,6 foiz), maishiy uskunalar (6,1 foiz), yuvish va tozalash vositalari (4,8 foiz) narxlari ham yanvar-aprel oylari davomida sezilarli o‘sishni qayd etgan.  

Uy-joy kommunal xo‘jalik xizmat narxlari ham o‘rtacha ko‘rsatkichdan balandladi. 

Shuningdek, havo va temir yo‘l transporti xizmat narxlari ham qimmatladi (8,4 va 6,2 foiz).