Jahon | 17:27 / 03.05.2016
2959
1 daqiqa o‘qiladi

Halab yaqinida yuz bergan otishmalar tufayli 20dan ortiq kishi halok bo‘ldi

Londonda joylashgan inson huquqlari bo‘yicha Suriya observatoriyasi ma'lumotlariga ko‘ra, Halab shahri atrofidagi hukumat qo‘shinlari nazorati ostidagi bir necha tumanlarda otishmalar tufayli 19 kishi halok bo‘lgan.

Reyter agentligi xabariga ko‘ra, qurbon bo‘lganlarning 3 nafari yosh bolalar edi.

Shuningdek, bugungi hujumlar tufayli tinch aholi vakillaridan 80 kishi turli darajadagi jarohatlar olgan. Jabrlanuvchilar va qurbonlar soni ortishi mumkinligi aytilgan.

Bu hujum "Jibhod an-Nusra" jangarilari tomonidan amalga oshirilgani taxmin qilingan.