Sport | 19:35 / 03.05.2016
4872
1 daqiqa o‘qiladi

«Chelsi» va «Tottenhem» uchrashuvi vaqtida futbolchilar o‘zlarini yomon tutgani uchun ikki jamoa ham jazolanishi mumkin

Angliya futbol assotsiatsiyasi APL doirasidagi «Chelsi» va «Tottenhem» jamoalari uchrashuvidan keyin jamoalarning ikkalasini ham jazolashi mumkin.

The Telegraph nashri bergan xabarga ko‘ra, «shporlar» shundoq ham jamoaning bir yo‘la to‘qqiz futbolchisi ogohlantirish olgani uchun ham avtomatik tarzda jazoga tortiladi.

Yarimhimoyachi Mussa Dembele londonliklar hujumchisi Diyego Kostaning ko‘ziga barmog‘ini tiqib olishga uringani uchun uch uchrashuvga diskvalifikatsiya qilinishi mumkin.

O‘yin so‘nggida ikkala jamoa futbolchilari ishtirokida janjal kelib chiqqan bo‘lsa, «Tottenhem» himoyachisi Denni Rouz Guus Xiddinkni turtib yuborgan va u maydonga yiqilib tushgandi.

Manbaga ko‘ra, futbolchilarning o‘zi nomaqbul tutishi natijasida ikkala klub ham jazolanadi.

Mavzuga oid