17:36 / 03.05.2016
9324

“Eng go‘zal hikoyatlar” tanlovi g‘oliblari mukofotlandi

www.ziyouz.uz va www.qadriyat.uz saytlari e'lon qilgan “Eng go‘zal hikoyatlar” tanlovi yakunlandi. Tanlovga 329 ta ibratli hikoyatlar tarjimalari taqdim etilgan. Ularning 38 tasi arab tilidan, 28 tasi ingliz tilidan, 232 tasi turk tilidan, 30 tasi rus va  bittasi qozoq tilidan qilingan tarjimalardir. 
Shunday qilib, “Eng go‘zal hikoyatlar” tanlovining g‘oliblari bilan tanishing. 

1-o‘rin. Maryam Osiyo (Baraka sababi, Ichkaridagi rohatdan tashqaridagi mashaqqat afzal, Hazrati Abu Bakr(r.a)dan hikmatli so‘zlar tarjimalari mashhur bo‘lgan). Ishtirokchiga  diplom va Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahullohning 5 jildli “Xislatli hikmatlar sharhi” kitobi taqdim etilgan. 

2-o‘rin. Abdulloh Rahimboyev (Mavlono Jaloliddin Rumiydan 55 hikmat, Eshagini tanigan-u, do‘stini tanimagan nobakor, Quyonning tadbiri ("Masnaviy"dan) tarjimalari mashhur bo‘lgan). Ishtirokchiga diplom, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahullohning “Hadis va hayot” to‘plamidan 19, 21, 23-juzlar va muftiy Usmonxon Alimovning “Tafsiri irfon” kitobi 30-juzi taqdim etilgan. 

2-o‘rin. Ummu Yasmin va Mustafo (Odamga aylangan “sigir”, So‘nggi azon tarjimalari eng mashhur bo‘lgan). Ishtirokchiga diplom va Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahullohning 4 jildli “Odoblar xazinasi” kitobi taqdim etiladi.

3-o‘rin. Sherzod Tog‘ayev (“O‘zingga qattiq, qolganlarga yumshoq bo‘l”, Shayx Sa'diy hikmatlaridan,Islom buyuklaridan ibratli hikmatlar tarjimalari mashhur bo‘lgan). Ishtirokchiga diplom va Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahullohning “Hadis va hayot” to‘plamidan  21, 22, 23-juzlar taqdim etilgan. 

3-o‘rin. Nozimjon Hoshimjon (Yolg‘on tavbaning jazosi, Hech qachon berkilmaydigan eshiktarjimalari mashhur bo‘lgan). Ishtirokchiga diplom va Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahullohning “Hadis va hayot” to‘plamidan  21, 22, 23-juzlar taqdim etilgan.

IELTE o‘quv markazi ta'sis etgan mukofot G‘iyosiddin Muhammad Yusufga nasib qilgan. G‘iyosiddin Muhammad Yusufga Tohir Malikning “Odamiylik mulki” kitobi va o‘quv markazda 3 oy bepul ta'lim olish huquqi taqdim etilgan. 

Tanlov uchun eng ko‘p hikoyatlarni Abdulloh Rahimboyev yuborgan (107 ta).

G‘oliblarni aniqlashda hikoyatning mazmuni, dolzarbligi, uning sayt va ijtimoiy sahifalarda ommabop bo‘lganligi, matnning badiiy xususiyatlari, imloviy xatolar, manbaning ishonchliligi e'tiborga olingan.

Top