Johnson & Johnson saratonga chalingan ayolga 55 million dollar tovon to‘laydi
Missuri shtati sudi Johnson & Johnson kompaniyasiga Gloriya Ristesandga 55 million dollar miqdorida tovon puli to‘lab berish majburiyatini yukladi.
Kontsernga murojaat qilgan ayol o‘z arzida kompaniya mahsuloti bo‘lgan intim gigiyena vositalaridan uzoq yillar davomida foydalanish unda tuxumdonlar rakini keltirib chiqargan, oqibatda uning uning bachadoni olib tashlangan.
The Guardian xabariga ko‘ra, Johnson & Johnson kompaniyasiga qarshi 1200ta murojaat ichida ikkinchi qondirilgan arz hisoblanadi.
Da'vogarlarning fikriga ko‘ra, dunyoning eng yirik kosmetik va tibbiy vositalar ishlab chiqaruvchisi iste'molchilarni upa tarkibli gigiyenik vosital saraton xastaligini chaqirish xavfi to‘g‘risida ogohlantirmagan.
Kompaniyada esa Missuri sudi qarori 30 yillik tajribalarga zidligi va ushbu qaror ustidan shikoyat qilishlarini bildirishdi.