Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Keniyada vayrona uylar orasida 3,5 kun qolib ketgan chaqaloq topildi
Keniyada qutqaruvchilar haqiqiy mo‘'jizaga duch kelishdi. Ular vayron bo‘lgan ko‘p qavatli uylar orasida uch yarim kun qolib ketgan yetti oylik tirik chaqaloqni topib olishdi. Bu haqda Keniya birinchi prezidenti nomidagi Milliy shifoxonaning matbuot vakili Jomo Keniata xabar qildi.
Bola Keniya poytaxti Nayrobidagi yetti qavatli bino vayrogarchiliklari orasidan qutqarib olindi. Chaqaloqqa jarohat yetmagan, uni shifoxonaga yetkazildi, hozir uni suvsizlik oqibatlaridan davolashmoqda.
Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, Nayrobidagi halokatga uchragan bino qoldiqlari orasidan 23 nafar odam jasadi topilgan. 93 kishi bedarak yo‘qolgan. Dastlabki xabarlar bo‘yicha, ko‘p qavatli binoning buzilishiga qurilishdagi texnik nosozliklar sabab bo‘lgan.