Jahon | 15:36 / 03.05.2016
3097
1 daqiqa o‘qiladi
Qochqinlarni qabul qilmagan mamlakatlarga nisbatan jarima joriy etilishi mumkin
Yevrokomissiya Yevropa Ittifoqiga kelgan qochqinlarni kvotalar bo‘yicha joylashtirishdan bosh tortgan mamlakatlarga nisbatan jarima jazosini kiritish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Financial Times xabar berdi.
Nashr xabariga ko‘ra, har bir boshpana izlagan odam uchun jarima miqdori 250 ming yevro bo‘lishi mumkin.
Agar Yevrokomissiya ushbu loyihani tasdiqlasa, Polsha kvota bo‘yicha 4,5 ming qochqinni o‘z hududiga kiritmaslik uchun 1 milliarddan ortiq jarima to‘lashiga to‘g‘ri keladi.