Iqtisodiyot | 17:08 / 03.05.2016
4137
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda shakarning narxi bir yilda 45 foizga qimmatlashdi

Qozog‘istonda oziq-ovqat mahsulotlari narxi bir yilda (2015 yil apreldan 2016 yil aprelgacha) 13 foizga qimmatlashdi. Bu haqda respublika moliya vazirligi statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga asoslanib, RIA Novosti xabar berdi. 

Narx o‘sishi sur'ati bo‘yicha shakar mahsuloti yetakchilik qilmoqda – 45,1 foiz. Shuningdek, kofe, quruq choy va kakao (27,3 foiz), yog‘-moy mahsulotlari (26,3 foiz), don mahsulotlari (24,4 foiz), non (22,4 foiz), baliq va dengiz mahsulotlari (21,2 foiz), qandolatchilik mahsulotlari (19,5 foiz) qimmatlashgan. Narxi eng kam (5 foiz) go‘sht va go‘sht mahsulotlarining narhi oshgan.