Jamiyat | 12:42 / 03.05.2016
10012
3 daqiqa o‘qiladi

Namanganda xufyona ishlagan qimorxona fosh etildi

1980 yilda Norin tumanida tug‘ilgan Baxtiyor Boboyev (ism-familiyasi o‘zgartirilgan) oliy ma'lumotli, yaqinda o‘ttiz olti yoshga qadam qo‘ydi. O‘n sakkiz yoshidayoq jinoyatga qo‘l urdi. Bunday holat yana bir necha bor takrorlandi, deb yozadi “Huquq” gazetasi.

2015 yil 26 aprelda jazoni o‘tab bo‘lgach, yana o‘ylamay-netmay shu yilning may oyi boshidayoq qimorxona tashkil etib, unga odamlarni qiziqtirib, jalb etdi. Yoshlikdagi o‘rtog‘i Ikrom Yo‘ldoshev bilan maslahatlashib, tekin daromad topishning ana shu nopok yo‘lini ixtiyor etdi. 

Ikki oshna kelishib, I.Yo‘ldoshevlarnikida tashkil etishdi. Keyin esa fermer xo‘jaligi dala shiyponini qimorxonaga aylantirishdi. Namangan shahar, 2-kichik tumandagi xonadonlardan birida ham shunday qimorxona tashkil etishdan tortinishmadi.

Bunday nopok o‘yinga M.Asqarov, U.Shomansurov, H.Madaminov, T.Egamovlarni jalb etib, ularga dastlab 500 ming so‘mdan, so‘ngra 1 million so‘mdan pul berishadi.
Qimorxona egalaridan pul olib qarzga botganlardan biri H.Madaminov edi. Uning qarzi 2,5 million so‘mga yetadi. Shu bois ikki hamtovoq — Y.Yo‘ldoshev va B.Boboyev H.Madaminovning uyiga borishadi va bu qarz ustiga foiz qo‘shgan holda pul talab qila boshlashadi. 

Ikki hamtovoq uning oila a'zolarini qo‘rqitib, haqiqiy qarz u yoqda qolib, undan uch barobar qimmat bo‘lgan, ya'ni 7 mln. so‘mlik yog‘och tilish dastgohi va 1 mln. 500 ming so‘mlik teraklarni topshirishga majburlashadi.
Pichoq borib suyakka qadalgach, H.Madaminov huquq-tartibot idoralariga murojaat qilishga majbur  bo‘ladi.
B.Boboyev hamda I.Yo‘ldoshev qilmishlariga yarasha munosib jazo olishadi.