Obama: AQSh obro‘siga putur yetishi mumkinligiga qaramasdan bin Lodinni yo‘q qilgan
AQSh prezidenti Barak Obama terrorchi Usama bin Lodinning yo‘q qilinishiga 5 yil to‘lgani munosabati bilan bergan teleintervyusida bin Lodinni yo‘q qilish bo‘yicha operatsiya agar barbod bo‘lsa, AQShning xalqaro obro‘siga putur yetishi xatari mavjudligiga qaramasdan boshlanganini aytdi.
Amerika kommandosi "Al-Qoida" terrorchilik guruhi asoschisini 2011 yil 2 mayda Pokistonning Abbotobod shahridagi operatsiya davomida yo‘q qilgan. Operatsiya Pokiston hukumatidan sir tutilgan holda o‘tkazilgan.
"Menga bu bizning bin Lodinni tutish uchun eng yaxshi imkoniyatimiz ekanligi va agar biz harakat qilmasak, u qochib ketishi va ko‘p yillardan keyin yana paydo bo‘lishi mumkinligi ravshan edi", deb eslaydi o‘sha vaziyatni Obama CNN’ga bergan intervyusida. "Biz bu operatsiya Pokiston ichida ancha salbiy munosabatni keltirib chiqarishini bilardik. Agar bu bin Lodin bo‘lmaganda, salbiy oqibatlar ijobiy oqibatlardan ko‘proq bo‘lardi va xalqaro sahnada obro‘imizni yo‘qotgan bo‘lardik, chunki operatsiyani boshlab, uni sir tutish qiyin bo‘lardi", deb tushuntirdi Obama.
Obama jonli efirda AQSh vertolyotlaridan biri bin Lodin uyi hovlisida favqulodda qo‘nishni amalga oshirgani va shikastlangani haqida ma'lumot olganini aytib berdi. "Biz barchamiz xavotirda edik. Bunda vertolyot qulamagani yaxshi xabar bo‘lgan. Bizning yigitlar qutula olishgan. Yomon xabar esa vertolyot shikastlangani bo‘lgan", deb aytdi Obama. Uning aytishicha, bunday "kutilmagan vaziyatlardan" qochish murakkab bo‘lgan. "Bu prezident qanday qilib qaror qabul qilishini ko‘rsatadi: siz doimo tasodiflar bilan ishlaysiz, 100 foizlik ishonch bo‘lmagan holda, mavjud ma'lumotlarga asoslanibgina qarorlar qabul qilasiz", deb ta'kidlab o‘tdi Obama.
"Men muhokamaning boshidanoq operatsiyani o‘tkazishga urinib ko‘rishga moyillik bildirganman", deb aytdi Obama. Shu bilan birga uning aytishicha, AQSh "vaziyatga rang-barang ko‘zoynaklar orqali qaramagan va mavjud xatarlar borasida o‘ziga hisobot bergan".