Obama bin Lodinning bartaraf etilishi voqeasini sarhisob qildi
Amerika prezidenti Barak Obama 1-raqamli terrorchi Usama bin Lodinning yo‘q qilinishi AQShning xavfsizroq bo‘lishiga olib kelganini aytib o‘tdi.
Intervyuning bir qismi CNN jurnalisti Anderson Kuperning 360° dasturi tvitter sahifasida joylashtirilgan.
Obama “Al-Qoida” rahbari o‘ldirilgach, Qo‘shma Shtatlar xavfsizroq bo‘lgani to‘g‘risidagi savolga qat'iyat bilan javob berdi va shubhasizki, global terrorizm muammosini umuman yo‘q qila olmaganini tan oldi.
AQSh prezidentining so‘zlariga ko‘ra, bin Lodin, boshqa yetakchilar va guruh infratuzilmalari yo‘q qilinishining samarali natijalari sifatida “Al-Qoida” kengayish imkoniyatini yo‘qotib qo‘ygani va keng miqyosli amaliyotlar o‘tkazishdan mahrum bo‘lganini ko‘rsatish mumkin.
Shu o‘rinda Obama xavf-xatar hamon mavjudligini qayd etdi.
.@POTUS explains why killing #binLaden has made us safer. #WeGotHim now on @CNN: https://t.co/7NIoJaibIf https://t.co/5ChxS4KjJa
— Anderson Cooper 360° (@AC360) 3 maya 2016 g.