08:25 / 03.05.2016
5105

Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri: Suriya muxolifatiga barcha zaruriy qurol-aslahani yetkazib berish kerak

Suriyadagi qurollangan muxolifatga barcha zaruriy qurol-aslaha, jumladan tashib yuriluvchi zenit-raketa majmualari yetkazib berish kerak. Bunday bayonot bilan Jyenevada jurnalistlar oldida Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Odil al-Jubayr nutq so‘zladi.

"Biz muxolifatga maksimal darajada qirg‘in quroli taqdim qilish kerak deb hisoblaganmiz va bundan hisoblashni davom ettiramiz", deb aytdi al-Jubayr. U gap zenit-raketa majmualari haqida ketayotganini bilish maqsadida berilgan savolga "Isyonchilar Suriya hukumati tuzumiga qarshi kurashish uchun barcha zaruriy qurol-aslahaga ega bo‘lishlari kerak, biz tutgan pozitsiya shunday", deb aytdi.  

Jurnalistlar Suriya muxolifatiga zenit-raketa majmualari berilsa, ular terrorchilar qo‘liga tushishi mumkinligiga e'tibor qaratishdi. "Barcha bundan xavotirlmanmoqda, biroq qo‘llash uchun oldini oluvchi va bu xavotirni minimallashtiruvchi choralar va tartibotlar bor", deb ta'kidlab o‘tdi vazir. 

Vazir qurol-aslaha yetkazib berilishi Suriya bo‘yicha muzokaralarning barbod bo‘lishi mumkinligini tezlashtirishi mumkin-mumkinmasligi haqidagi savolga aniq javob bermadi. Shu bilan birga uning fikricha, vaziyatning bunday rivojlanishi "muxolifatni ko‘proq qo‘llab-quvvatlashga" olib kelardi. "Agar barcha imkoniyatlar tugagan bo‘lsa, qanday boshqa yo‘l bo‘lishi mumkin", deb aytdi vazir va agar o‘t ochishni to‘xtatish tartibi ish bermasa, unda "B rejaga o‘tish kerakligini" qo‘shimcha qildi.

Al-Jubayr shu bilan birga muxolifatga qurol-aslaha yetkazib berish haqidagi qarorni alohida davlatlar emas, balki koalitsiya qabul qilishi kerakligini qayd qilib o‘tdi.

Al-Jubayr Saudiya Arabistoni muxolifatning barcha guruhlariga ko‘mak ko‘rsatayotganini ta'kidlab o‘tdi. "Biz barcha guruhlarga ko‘mak ko‘rsatmoqdamiz. Ko‘mak Iordaniya va Turkiyadagi boshqruv markazlari orqali ko‘rsatilmoqda", deb ma'lum qildi vazir.

Al-Jubayr 2 mayda AQSh Davlat kotibi Jon Kerri bilan uchrashuvi tafsilotlarini oshkor qilmadi. "Bizning suhbat norasmiy bo‘ldi, biz fikrlar aylmashdik, maqsadga erishish uchun amalga oshirish mumkin bo‘lgan variantlarni ko‘rib chiqdik. Bizning maqsad – Asadsiz Suriyadir", deb aytdi al-Jubayr.

Top