Jamiyat | 20:43 / 03.05.2016
11663
1 daqiqa o‘qiladi
Shohjahon Jo‘rayevdan yangi qo‘shiq: “Kim edigu kim bo‘ldik?”
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan joylarda ta'lim muassasalarida madaniyat va san'at namoyondalari tomonidan “Kim edigu kim bo‘ldik” ertaga qanday marralarni egallashimiz kerak?” mazmunidagi tadbiri tashkil etilganidan xabaringiz bor.
Bugun yurtimiz bo‘ylab o‘tkazilib kelinayotgan mazkur tadbirda faol ishtirok etib kelayotgan xonandalardan biri Shohjahon Jo‘rayev targ‘ibot ishlaridan ilhomlanib, “Kim edigu kim bo‘ldik?” nomli qo‘shiq kuyladi.
Qo‘shiq so‘zi Zohidjon Olovga tegishli. Musiqasini esa Shohjahonning o‘zi yaratdi. Ayni kunda Shohjahon Jo‘rayev tomonidan targ‘ibot tadbiri davomida kuylanib kelinayotgan mazkur qo‘shiqni saytimiz orqali tinglashingiz mumkin.