O‘zbekiston | 19:29 / 03.05.2016
11963
2 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryo viloyatidagi “Kim edigu kim bo‘ldik, ertaga qanday yuksak marralarni egallashimiz kerak?” mazmunidagi targ‘ibot tadbirlari start oldi

Joriy yilning 2 may kuni Termiz Xalqaro aeroportida Respublikadan tashrif buyurgan teatr va kino aktyorlari, shoir va yozuvchilar hamda taniqli san'atkorlarni viloyat hokimi o‘rinbosarlari va boshqa rasmiy kishilar tomonidan karnay-surnay sadolari ostida kutib olindi.

Shu kunning o‘zida 86 nafardan ziyod taniqli san'atkorlar va estrada xonandalari, kino va teatr aktyorlari, shoir va yozuvchilar, “Nihol” mukofoti sovrindorlaridan iborat targ‘ibotchilar guruhi Surxondaryo viloyatining Termiz shahri, Termiz, Angor, Muzrobot, Jarqo‘rg‘on tumanlaridagi 55 ta umumta'lim maktablarida, 15 ta kasb-hunar kolleji va akademik litseylarda, Termiz Davlat Universiteti hamda Termiz shahar madaniyat va aholi dam olish markazlariga tashrif buyurib, 23 ming 889 nafar o‘quvchi yoshlar bilan uchrashdilar.

Tadbirlarda ishtirok etgan O‘zbekiston xalq artistlari, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar va madaniyat xodimlari, O‘zbekiston xalq shoir va yozuvchilari o‘quvchi va talaba yoshlarga mustaqillikka qadar bo‘lgan davr va mustaqilikdan so‘ng erishilgan yutuqlar, amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlarni solishtirib, “jonli misollar” bilan ta'sirchan ruhda gapirib berdilar hamda yaratilgan imkoniyatlardan to‘liq foydalanishga, Vatanga, jamiyatga munosib farzand bo‘lishga chaqirdilar.

Yoshlar madaniyat va san'at markazi matbuot xizmati.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish