Jahon | 06:57 / 03.05.2016
4156
1 daqiqa o‘qiladi

Turk samolyoti Kosovo aeroporti uchish-qo‘nish yo‘lagi tashqarisiga chiqib ketdi

Turkiyaning Turkish Airlines aviakompaniyasining yo‘lovchi samolyoti Kosovo poytaxti Prishtina aeroportiga qo‘nish vaqtida uchish-qo‘nish yo‘lagidan tashqariga chiqib ketdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

"Istanbuldan TK1018 reysi bilan kelayotgan Turkish Airlines samolyoti bilan kichik noxushlik yuz berdi", deb ma'lum qilindi aeroport matbuot xizmatida.

Samolyotda 143 yo‘lovchi va 8 nafar ekipaj a'zosi bo‘lgan. Hech kim jabrlanmagan.

Bu noxushlikdan keyin Kosovodagi yagona aeroport bir necha soatga yopib qo‘yildi, mutaxassislar samolyotni shikastlanishlarga tekshirib chiqadilar.