O‘zbekistonda 5ta yangi telekanal ochiladi

O‘zbekistonda joriy yilda yana 5ta xususiy telekanal ochilishi borasida ishlar boshlanadi. Bu haqda O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari Milliy Assotsiatsiyasi (O‘zEOAVMA) boshqaruvi raisi Firdavs Abduxoliqov ma’lum qilgan.
"Biz 5ta yangi xususiy telekanali tashkil qilish ustida ish olib boramiz. Bu boradagi ishlar 1 sentabr kuni boshlanishi rejalashtirilgan", deya ma’lum qilgan u Toshkentda o‘tkazilgan xalqaro konferensiya chog‘ida.
U kanallarning mavzu yo‘nalishlari qanday bo‘lishi hamda ularning ekranlarda qachondan paydo bo‘lishiga aniqlik kiritmagan. Uning bildirishicha, moliyalashtirish ishlari xususiy mablag‘lar hisobiga bo‘ladi.
Bugungi kunda O‘zbekistonning 68,8 foiz aholisi raqamli televideniyedan foydalanish imkoniyatiga ega. Bu orqali aholi O‘zbekistondagi 12ta raqamli telekanallarni («O‘zbekiston», «Yoshlar», «Toshkent», «Sport», «Oilaviy», «Bolajon», «Navo», «Madaniyat va ma’rifat», «Diyor», «Dunyo bo‘ylab», «Kinoteatr» va «Mahalla») kuzatishi mumkin.
O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari Milliy Assotsiatsiyasi (O‘zEOAVMA) nodavlat ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash, ularning moddiy-texnik bazasi va kadrlar salohiyatini mustahkamlash maqsadida 2003 yilda tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda o‘z atrofiga 100dan ortiq nodavlat elektron OAVni birlashtirgan. O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan barcha ommaviy axborot vositalari qatorida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamdagi demokratik islohotlar jarayonlarini, xususan, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarining “Kuchli davlatdan – kuchli jamiyat” qurilishi yo‘lidagi ishtirokini yoritishda faol qatnashib kelmoqda.
O‘zEOAVMA tomonidan a’zo nodavlat teleradiostansiyalar ishtirokida har yili an’anaviy tarzda ishlab chiqiladigan Nodavlat teleradiouzatuvchilarning Rivojlanish dasturlari doirasida turli yo‘nalishlarda jami 80dan ortiq loyihalar amalga tatbiq etildi.
2014 yilning aprelida «Jahon matbuoti erkinligi kuni»ga bag‘ishlab o‘tkazilgan media-kunlar davomida yosh jurnalistlar, O‘zEOAVMA a’zolari hamda bir qator yoshlar tashkilotlari tomonidan endilikda teletomoshabinlar «MY5» logotipi ostida ko‘rishlari mumkin bo‘lgan yangi «Mening yurtim» telekanal faoliyatini yo‘lga qo‘yish borasida taklif kiritilgan edi.
2014 yilning 12 noyabrda telekanal ish boshladi va shu yilning dekabrida uning taqdimoti o‘tkazildi.
Tavsiya etamiz
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
Jonni xatarga qo‘yib... “Oshqozon”siz ozish orzusi haqida
Jamiyat | 17:46 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
London va Parij migrantlar almashinuvi bo‘yicha kelishuvni muhokama qilmoqda
Jahon | 01:01
-
Rossiyada davlatga xiyonat uchun sudlanganlar soni SSSR davridan beri rekord ko‘rsatkichga chiqdi
Jahon | 00:29
-
Xorazmda fuqarolarga soxta diplom olib bergan shaxs ushlandi
Jamiyat | 23:57 / 16.04.2025
-
Rossiyada ijaraga berilgan kvartiradan to‘rt nafar o‘zbekistonlikning jasadi topildi
Jahon | 23:04 / 16.04.2025
Mavzuga oid

16:54 / 20.01.2025
O‘zbekiston telekanallari Turkmanistonda namoyish etiladi

14:30 / 14.10.2024
Gurjiston TV-kanallari hukmron partiya roligini ko‘rsatishdan bosh tortdi

09:39 / 28.09.2024
Germaniyada Rossiya targ‘ibot telekanallari efiri bloklandi

17:27 / 11.08.2024