Jahon | 17:58 / 04.05.2016
3815
1 daqiqa o‘qiladi
Abu-Dabi-Jakarta yo‘nalishida uchayotgan samolyot kuchli girdobga tushib qoldi
Etihad Airways samolyoti kuchli girdob oqimiga tushib qolgani tufayli 31 kishi aziyat chekdi.
Aviakompaniya xabariga ko‘ra, qo‘nishiga 45 daqiqa qolganda samolyot kutilmagan kuchli girdobga duch kelgan.
4 may kuni girdobga tushib qolgan samolyot EY474 reysi bilan Sukarno Hatta aeroportiga ketayotgan edi.
Samolyot beziyon qo‘ndirilgan. Yo‘lovchilarni tibbiy yordam xodimlari kutib oldi.
Natijada umumiy hisobda 31 nafar yo‘lovchi jarohat olgan. 22 nafar odamga kichik jarohatlari tufayli aeroportning o‘zida yordam ko‘rsatildi. 9 nafar yo‘lovchi esa Indoneziya mahalliy shifoxonalariga olib ketildi.
Etihad girdob sabab samolyotning yuk saqlash bo‘linmasiga ham ziyon yetganini tasdiqladi.