Apple soatiga Windows 95 operatsion tizimi o‘rnatildi
Tendigi Studios kompaniyasi izlanuvchisi Nik Li Apple Watch soatlari ustida tajriba o‘tkazdi va ularga to‘laqonli Windows 95 opertsion tizimini o‘rnatishga muvaffaq bo‘ldi. Uning texnik xususiyatlari (520 MGts chastotali protsessor, 512 MB operativ hamda 8 GB ichki xotira) eskirgan operatsion tizimi aqlli soatlarda ishlashi uchun yetarli bo‘ldi.
O‘z uskunalariga yot operatsion tizimlar o‘rnatilishiga to‘siqlar o‘rnatgan Apple kompaniyasi smart-soatlariga Microsoft namunasini o‘rnatish uchun Nik Li firma OTni modifikatsiyalashiga to‘g‘ri keldi. Windows 95 tizimini yuklashga xalal berayotgan soatning avtomatik tarzda uyqu rejimiga o‘tishini bartaraf etish uchun tashabbuskor yigit zarur vaqtlarda Digital Crown g‘ildiraklarini aylantirib turadigan mexanizm yaratdi.
Apple Watch 90-yillarning stol kompyuterlaridan ancha kuchli bo‘lishiga qaramasdan, OTning sust ishlashi va soatning kichikkina displeyi – kursorni boshqarish juda qiyinligi ushbu modifakatsiyaning kamchiliklari bo‘lib qoldi.