Bajarilmagan ishlarni oshirib yozgan rahbarga jarima jazosi tayinlandi
Zohir Pirmuhammedov 1995 yildan buyon “Ta'mir qurilish bo‘limi” MChJ rahbari vazifasida ishlab kelardi. U viloyat hokimligi injiniring kompaniyasi bilan shartnoma tuzadi, deb yozadi “Huquq” gazetasi.
Shartnomaga ko‘ra, “Navabod” qishlog‘idagi 96 o‘ringa mo‘ljallangan maktabni ta'mirlash lozim edi. Qurilish firmasi hisobiga 314 mln. 871 ming so‘m mablag‘ ham o‘tkazib berildi.
Zohir Mirmuhammedov o‘quv binosida bajarilgan ishlarni oshirib yozgan ekan. Xususan, g‘isht terish ishlariga 1 mln. 136 ming, romlarni o‘rnatishga 1 mln. 856 ming, eshiklarni o‘rnatishga 115 ming, shiftlarni pardozlash ishlariga 218 ming, bo‘yoqlash va suvoflash ishlariga 205 ming, tom chetlariga tunuka qoplash ishlariga 118 ming so‘m qo‘shib yozganligi aniqlandi. Umumiy hisobda u hujjatlarda 5 mln. 515 ming so‘m bajarilmagan ishlarni “bajarildi” deb ko‘rsatgan edi.
Sud Zohir Mirmuhammedovning qilmishlarini ko‘rib chiqib, unga eng kam ish haqining 60 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.