19:46 / 04.05.2016
2505

BMT Suriyaga 63 ta gumanitar karvonlarni yetkazgan

BMT yil boshidan beri Suriyaning borish qiyin va qurshovda qolgan tumanlariga gumanitar yuklar ortilgan 63ta karvonni tashkil etdi

Bundan tashqari, tashkilotning gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi ma'lumotlariga ko‘ra, 22 marotaba yuklarni havodan yetkazish amaliyoti o‘tkazilgan. 

"Suriya g‘arbidagi Dayr az-Zor tumaniga havodan tashlash usuli bilan 380 tonna oziq-ovqat mahsuloti yetkazilgan".

Umuman, yil boshidan beri Suriyaning borish qiyin va qurshovda qolgan tumanlarida istiqomat qilayotgan 778,1 ming kishi BMT va hamkorlari tomonidan insonparvarlik yordamlari bilan ta'minlangan.

Top