Jahon | 17:41 / 04.05.2016
3006
1 daqiqa o‘qiladi
Yevrokomissiya Turkiya fuqarolari uchun vizasiz tartib joriy qilishni taklif etdi
Yevrokomissiya rasmiy Anqara barcha shartlarni bajaradigan bo‘lsa, turk fuqarolarining YeIga vizasiz kirishlariga izn berishni taklif etmoqda.
Raqobat masalalari bo‘yicha yevrokomissar Margaret Vestager Tvitterdagi sahifasida shu mazmundagi ma'ruza matnini e'lon qilgan.
Unda aytilishicha, Yevropa komissiyasi YeI kengashi va Yevropa parlamentiga Turkiya fuqarolari uchun viza talablarini bekor qilish taklifini kiritgan. Buning uchun albatta, rasmiy Anqara ma'muriyati viza masalasining liberallashuvi uchun talab etiladigan boshqa shartlarni zudlik bilan bajarishi lozim.
Bundan avval, Turkiya YeI mamlakatlariga nisbatan viza tartibini bekor qilgani haqida xabar qilingan edi.