Jahon | 16:35 / 04.05.2016
3496
1 daqiqa o‘qiladi

Myunxen markaziy vokzali soat ovozi tufayli evakuatsiya qilindi

Buyumlarni saqlash bo‘lmalaridan birida portlash uskunasi bor degan xavotirda Myunxen markaziy temir yo‘l vokzalining katta qismi yopildi. 

Buyumlarni saqlash bo‘lmalaridan chiqayotgan soat chiqqillashiga o‘xshash ovoz xodimlardan birining e'tiborini tortgan, deb xabar beradi Abendzeitung.

Yetib kelgan politsiya xodimlari temiryo‘l vokzalining asosiy zalini evakuatsiya qildi. Kinologlar itlar bilan birga buyumlar saqlanadigan bo‘lmalarni tekshirib chiqishdi, biroq portlovchi uchkuna topilmadi. 

Shubhali ovozga esa kimdir yuklari orasida qoldirgan uyg‘otuvchi soat sabab bo‘lgani aniqlandi. 

Ayni paytda markaziy stansiyada bir necha patrul politsiyasi navbatchilik qilmoqda.