22:07 / 04.05.2016
8660

OChL. "Lokomotiv" "An-Nasr" bilan durang o‘ynab tarixida ilk marta guruhdan chiqdi

Bugun, 4 may kuni Osiyo chempionlar ligasining 6-turida Toshkentning  "Lokomotiv" jamoasi BAAning "Al Nasr" klubini qabul qildi.

O‘yinda hisob ochilmadi. Bu durang natija har ikki jamoaning guruhdan chiqishini ta'minlar edi.

Guruhning ikkinchi uchrashuvida "Al-Ittihod" "Sepahon"ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi ammo ikkala jamoa ham guruhda qolib ketdi.

Shu tariqa, "temiryo‘lchilar" guruhda 1-o‘rinni egallab, pley-offga yo‘llanma oldi.

Nimchorak finalda "Lokomotiv" Saudiya Arabistonining "Al Hilol" jamoasiga qarshi o‘ynashi oydinlashdi.

OChL, "A" guruhi, 6-tur
"Lokokmotiv" - "An-Nasr" 0:0

"Lokomotiv" - Ignatiy Nesterov, Kaxi Maxaradze, Server Jyeparov, Temurxo‘ja Abduxoliqov ( Marat Bikmayev, 66), Sardor Mirzayev, Salim Mustafoyev, Temur Kapadze, Islom To‘xtaxo‘jayev, Sanjar Shoahmedov, Ikrom Aliboyev ( Sadriddin Abdullayev, 75), Oleg Zoteyev ( Sherzod Fayziyev, 62).

"An-Nasr": 12.Ahmad Shambih, 4.Xolid Jalol, 6.Mahmud Xamis, 7.Nilmar, 8.Jires Kembo Ekoko, 10.Luis Ximenes (S), 11.Xonatan Pitroypa, 16.Amir Muborak, 18.Ahmad Al-Yassiy, 20.Masud Sulaymon, 23.Esam bin Salmin.

Top