Olimlar: Yer yuzida trillion xil tirik jonzot mavjud
Olimlar Yer sayyorasi tarixidagi eng keng ko‘lamli tirik jonzotlarni ro‘yxatga olish ishlarini amalga oshirishdi. Bu jarayonda ular Yer yuzasi, okeanlar, havo va Yer qa'rida yashaydigan tirik jonzotlarning taxminan trillion turini hisoblab chiqishdi. Izlanishlar natijasi Proceedings of the National Academy of Sciences jurnalida chop etildi.
"Yaqin vaqtgacha bizda atrof-muhitdagi mikrob turlari sonini aniqlash uchun yetarlicha uskunalar bo‘lmagan. Yangi texnologiyalarning paydo bo‘lishi bu masalani hal qilish uchun zarur bo‘lgan ulkan ma'lumotlar oqimiga kirishga imkon yaratadi", - dedi Blumingtondagi (AQSh) Indiana shtati universiteti olimi Jey Lennon.
Lennon va uning hamkasblari ta'kidlashicha, bu raqam - trillion - tirik jonzot turlarining aniq hisobi emas, umumiy hisobning yetarli darajadagi ishonchli bahosidir. Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda biz bu trilliondan faqatgina 0,001 foizinigina o‘rganib chiqqanmiz. Bu hali juda ko‘p narsalarni bilmaymiz deganidir.
Lennon va uning jamoasi umumiy hisobda DNK farqlanishiga qarab 20 ming bakteriya, arxey va qo‘ziqorinlar bilan birgalikda 14 ming hayvon, o‘simlik va qushlar haqida ma'lumot to‘plashdi, bu boshqa olimlarga qaraganda ko‘proq va aniqroq ma'lumot to‘planganidan dalolat beradi.