Jamiyat | 11:55 / 04.05.2016
3121
1 daqiqa o‘qiladi

Saudiya Arabistoni chegarasida qornida 1,3 kilogramm geroini bor odamlar qo‘lga olindi

Saudiyalik bojxona xodimlari Fors ko‘rfazi chegarasida qornida 1,3 kilogramm geroin olib ketayotgan yo‘lovchilarni qo‘lga oldi. 

Ar-Riyodga birinchi kelgan yo‘lovchilarning birinchisi 800 gramm og‘irlikdagi 100 ta kapsula yutgan. Xuddi shu aeroportga kelgan ikkinchi jinoyatchi skaner qilinganda, uning qornida 477 gramm geroin borligi aniqlangan.

Ular bir-biriga aloqador ekanligi ma'lum emas.