22:25 / 05.05.2016
8829

As: Peres Zidanni «Real» bosh murabbiyligida qoldirishga qaror qildi

«Real» jamoasi prezidenti Florentino Peres Zinedin Zidanni keyingi mavsum uchun ham jamoa bosh murabbiyi lavozimida qoldirishga qaror qilgan. Bu haqda As xabar tarqatgan.

«Florentino bu bo‘yicha bir necha hafta oldin qaror qabul qilib bo‘lgan. Bu jamoaning YeChL finaliga chiqishi bilan bog‘liq emas», – deya ma'lumot bergan madridliklar klubi prezidentiga yaqin manba.

Qayd etilishicha, Peresga jamoada Zidan boshqaruvidan keyin yuzaga kelgan muhit ma'qul kelgan.

«Zidan «Atletiko»dan qabul qilingan mag‘lubiyatdan keyin qiyin davrni boshdan kechirishiga to‘g‘ri keldi. Ammo Peres murabbiyning matonatidan yaxshi taassurot olgan va uning jamoani og‘ir vaziyatdan olib chiqqanini qadrlaydi», – deydi manba.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning boshida Zidan Rafael Benites jamoa bilan qayd etgan qoniqarsiz natijalar tufayli uning o‘rniga mavsum oxirigacha bosh murabbiy sifatida tayinlangan, mavsum oxirida u bilan 2019 yilgacha bitim tuzilishi mumkinligi aytilgandi.

Mavzuga oid
Top