Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya Iroqdagi harbiy kontingentini kengaytiradi
Buyuk Britaniya hukumati IShID terrorchilik guruhiga qarshi faol kurashni davom ettirish maqsadida qo‘shimcha harbiy kuchlarini safarbar etish niyatida. Mamlakat mudofaa vaziri Maykl Fellon yevropalik hamkasblari bilan Germaniyada o‘tkazgan uchrashuvida shu haqda ma'lum qilgan, deb yozmoqda The Mirror gazetasi.
Fellonning ma'lum qilishicha, kurd jangovar bo‘linmalari hisoblanuvchi peshmerga jangchilariga ham amunitsiyalar jo‘natiladi.
«Yaqinda erishilgan muvaffaqiyatlarni mustahkamlash vaqti yetdi, biz yana nimalar qilish mumkinligi xususida bosh qotirmoqdamiz», — deb qayd etgan Britaniya mudofaa vaziri.
Nashrning qayd etishicha, koalitsiya kuchlari tomonidan berilayotgan havo zarbalari Suriya va Iroqdagi jangarilarni oxirgi ikki yildagi eng kam raqamgacha kamaytirish imkonini bergan. Xususan, oxirgi bir oyda 600ga yaqin jangari yo‘q qilingan. Umuman 25 mingga yaqin radikal kayfiyatdagi jangchilar o‘ldirilgan.