Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dubayda shayx Muhammad ibn Rashid sharafiga 817 mln dollarlik stadion quriladi
Bugun, 5 may kuni shayx Muhammad ibn Rashid Al Maqtum BAA vitse-prezidenti, amirlik bosh vaziri hamda Dubay amiri bilan birga Muhammad ibn Rashid Stadioni modelini muhokama qildi. Dubayning Al Avir hududida qurilishi rejalashtirilayotgan stadion 60 ming odamni sig‘dira oladi.
Dubay sport qo‘mitasi rais o‘rinbosari Matar Al Toyir dunyoning birinchi to‘liq konditsionerlashtirilgan va yerdan ko‘tarilgan stadion modelini namoyish etdi. Stadion konstruksiyasi FIFA standartlariga javob beradi. Loyihaga 3 milliard dirham (taxminan 817 million dollar) ajratilgan.
Stadionda jismoniy mashg‘ulotlar zali, 5 mingta mashinaga mo‘ljallangan mashinalar turar joyi, sport muzeyi va konferensiyalar zali joy oladi.
Shayx Muhammadga loyiha dizayni ma'qul kelgan va u qurilish ishlarini belgilangan muddatda tugatilishini buyurgan.


