17:02 / 05.05.2016
2890

Eron bozordagi ulushini tiklagachgina OPeK kvotalariga rioya eta boshlaydi

Eron hukumati, G‘arb sanksiyalari joriy qilinguncha jahon neft bozoridagi ulushini qaytarib olgach, 1-2 oy ichida OPeKning neft qazib olishni cheklash kvotasiga qo‘shiladi. 

Eron milliy neft kompaniyasi boshqaruvchi direktori Rukniddin Javodiy shu haqda bayonot berdi, deb xabar qilmoqda Bloomberg agentligi. 

Hozirgi kunda Eron sutkasiga 3,8 mln. barrel neft qazib olmoqda. Xalqaro energetika agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, Eronga nisbatan g‘arb sanksiyalari joriy qilinguncha mamlakatda kuniga 3,5–3,7 mln. barrel neft qazib olingan. 

Eron aprel oyi o‘rtalarida neft qazib olish ko‘rsatkichini iyungacha g‘arb sanksiyalarigacha bo‘lgan davr darajasiga chiqarish rejasini e'lon qilgan edi.

Top