Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispaniyadagi sirkdan begemot qochib ketdi
Ispaniyaning Palos-de-la-Frontera nomli sirkidan begemot qochib ketdi. Bu haqda Sky News xabar tarqatdi.
Tsirk hududidan begemotning qanday chiqib ketgani ma'lum emas.
Sayohati davomida qochoq ko‘chadagi o‘tlar bilan oziqlangan. Bundan tashqari, u avtotrassada sayr qilgan va yo‘lovchilarni cho‘chitgan.
Voqeaga guvoh bo‘lganlar uni suratga olib ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgan. Oxir-oqibat begemot tutilib, sirkka qaytarilgan.
Begemotlarning uzunligi bir yarim metrgacha yetadi. Og‘irligi o‘rtacha bir yarim tonnagacha yetadi. Ular anchagina tajovuzkor hisoblanadi. Afrikada ular tufayli har yili odamlar nobud bo‘ladi.