10:19 / 05.05.2016
4080

Klinton xonim Trampning boshqa respublikachi nomzodlar ustidan g‘alabasiga izoh berdi

AQSh prezidentligiga Demokratik partiyadan nomzod Hillari Klinton CNN telekanaliga bergan intervyusida prezidentlik poygasida respublikachilarning yagona nomzodi bo‘lib qolgan milliarder Donald Tramp xususida berilgan bir necha savolga javob berdi. 

Jumladan, Hillari Klinton Trampning axloqini — «yo‘lda duch kelganlarni chiqarib yuboradigan qo‘pol va to‘pori yigitning qiliqlari»ga qiyoslar ekan, respublikachilar uning oldida o‘zlarini yo‘qotib qo‘ygani sababli poygalarda imkoniyatni bosh berishganini aytgan. Sobiq davlat kotibining fikricha, milliarder kampaniyasi salbiy va agressiv mohiyatga ega. 

Klinton xonimning qayd etishicha, Qo‘shma Shtatlar fuqarolari Trampning xatti-harakatini oldindan aytish qiyinligi tufayli ham uni prezidentlikka saylashmasligi haqiqatga yaqin. Chunki u lafetidan chiqib ketgan pushka kabi nishonga to‘g‘ri zarba bera olmaydi. 

Ma'lumki, Indiana shtatidagi praymerizda omadsiz ishtirok etganlaridan so‘ng, Respublikachilar partiyasidan 3 nomzodning 2 nafari: Texas shtati senatori Ted Kruz va Ohayo shtati gubernatori Jon Keysik prezidentlik poygalaridagi ishtirokini to‘xtatishga qaror qilishdi. 

Demokratik partiyadan esa hozircha Vermont shtati senatori Berni Sanders va sobiq davlat kotibi Hillari Klinton kurashni davom ettirmoqda.

Top