07:14 / 05.05.2016
3335

Mikki-Maus va Garri Potter tufayli Orlando AQShning eng ko‘p tashrif buyuriluvchi shahriga aylandi

Florida shtatidagi Orlando shahri rasmiylari bir yil ichida shaharga tashrif buyurgan odamlar soni 66 mln gacha yetganini ma'lum qildilar, deb xabar bermoqda Daily Mail nashri. Bu ko‘rsatkich AQSh sayyohlik sohasi uchun rekord natija bo‘lib, Orlandoga AQShning eng ko‘p tashrif buyuriluvchi shaharlari o‘rtasida ketma-ket ikkinchi yil yetakchilikni ushlab turishga imkon berdi.

Orlando sayyohlik byurosi vakillarining aytishicha, shaharning sayyohlar orasida bunday ommaboplashishi bir qator omillar bilan tushuntiriladi. Xususan, odamlarni jalb qilishga "Garri Poter sehrli olami", "Uolt Disney olami" kabi tematik bog‘larning ochilishi kuchli turtki bo‘ldi.

Visit Orlando bosh direktori Jorj Aguel "Cheksiz voqea" deb nomlangan marketing kampaniyasini o‘ylab topib, uni ishga tushirdi. Bu kampaniya Orlandoda bo‘lgan sayyohlarni o‘z taassurotlari va fotosuratlari bilan ijtimoiy tarmoqlarda o‘rtoqlashishga undashga qaratilgan.

"Bu yo‘nalish shahrimizga kelib, siz odatda boshqa joylarda olmaydigan shaxsiy, unutilmas tajribaga ega bo‘lishingizni o‘ziga xos qiladi. Odamlar hayotlaridagi xotiralar bilan o‘rtoqlashadilar va bu juda his-hayajonlidir", deb aytdi Aguel.

Aguelning aytishicha, o‘tgan yili 10 mln dan ko‘proq odam Orlandoga anjuman va uchrashuvlar o‘tkazgani kelgan. Bu esa 2015 yilda mehmonxona va motellardan yig‘ilgan soliq miqdorining 230 mln dollarni tashkil qilishiga olib kelgan.

Top