Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namangan viloyatida "Biz - buyuk yurt farzandlarimiz!" shiori ostida yoshlar festivali o‘tkaziladi
Namangan viloyatida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 25 yiligiga bag‘ishlab "Biz - buyuk yurt farzandlarimiz!" shiori ostida yoshlar festivali bo‘lib o‘tadi.
Tadbir doirasida 18 ta loyiha tashkil etilib, ularda 3 milliondan ortiq yoshlar ishtiroki nazarda tutilgan. Joylarda targ‘ibot tadbirlari yuqori saviyada o‘tishini ta'minlash maqsadida hududiy targ‘ibot guruhlari tuzilib, ular tarkibiga davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, jamoat tashkilotlari vakillari, olimlar va jamiyat hayotining turli sohalarida yutuqlarni qo‘lga kiritgan yoshlar jalb etilgan.

Festival har bir ta'lim muassasasi, mahalliy hokimliklar, harbiy qismlar, madaniyat va istirohat bog‘lari, aholi dam olish maskanlari, sport maydonlari, mahallalarda uch kun davomida bo‘lib o‘tadi.
Tadbir doirasida respublikaning barcha umumta'lim maktablari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarida “Ommaviy madaniyat va yoshlar ma'naviyati” hamda “Diniy ekstremizm va terrorizm – yoshlar kelajagiga tahdid” mavzularida targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish rejalashtirilgan.
