Jamiyat | 11:58 / 05.05.2016
2595
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada davlat xizmatchilari akkauntlari tekshirilgandan keyin ishga qabul qilinadi


Rossiyada davlat arboblari bundan buyon ishga kirayotganda o‘z akkauntlariga kirish imkoniyatini taqdim etishlari kerak bo‘ladi. 

Davlat Dumasiga bunday qonun loyihasini Vladimir Burmatov va Andrey Lugovoy kiritishdi. Parlamentariylarning fikricha, bunday choralar nufuzli ish o‘rinlariga munosib nomzodlarni tanlash imkonini beradi. 

Ijtimoiy tarmoqlardagi nomzodlar akkauntini tekshirish usuli dunyoning ko‘plab mamlakatlarida qo‘llanadi, - dedi DD qo‘mitasi rais o‘rinbosari, LDPR fraksiyasi deputati Andrey Lugovoy.

Bundan tashqari, Andrey Lugovoy bunday yangi usullarning kiritilishi amaldorlarning biznes bilan noqonuniy aloqalarini fosh qilishga yordam beradi, deb hisoblaydi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish